35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokimlik va Kengash hamkorligida mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kunlik ish rejalari muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyga chiqqan holda o'rganildi.
янв.21
Mustaqillik ko‘chasida yo‘lga tosh to‘kish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
#Murojaat Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#qonun_162 Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatati 3-Gilambob saylov okrugi deputatati Mavlono Rano tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi bilan muloqot o‘tkazildi.
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI. #24-tavsiya
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shirin shahrida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2026-yil 2-mavsumi yakunlari bo‘yicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 15-iyuldan 3-avgustga qadar fuqarolar tomonidan openbudget.uz — “Ochiq budjet” portali orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan jami 44 ta taklif ilgari surildi.

Shahar Ishchi komissiyasi tomonidan takliflar 4–18-avgust kunlari belgilangan mezonlar asosida moderatsiyadan o‘tkazilib, shundan 40 ta taklif ovoz berish bosqichiga yo‘naltirildi.

🗳 Ovoz berish jarayoni 22-avgustdan 1-sentyabrga qadar davom etdi.

🏆 3 TA LOYIHA G‘OLIB BO‘LDI
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Shirin shahrida quyidagi loyihalar g‘olib deb topildi:

1️⃣ Shirin shahar tibbiyot birlashmasi hududini zamonaviy ko‘rinishga keltirish loyihasi;
2️⃣ Nurobod mahallasidagi futbol maydonini tubdan rekonstruksiya qilish loyihasi;
3️⃣ Shirin shahar sport maktabiga sport zali qurish loyihasi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori asosida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan jami 4 milliard 944 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanmoqda.

➕ KEYINGI O‘RINDAGI LOYIHA HAM QO‘LLAB-QUVVATLANADI
Amaldagi tartibga muvofiq, g‘olib loyihalar aniqlangandan so‘ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan keyingi o‘rindagi loyihalarni ham qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish vakolati berilgan.

Shu munosabat bilan Shirin shahrida “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil 2-mavsumida keyingi o‘rinda joylashgan “Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

📌 Mazkur loyihaning qiymati — 824 million so‘m.
Ushbu loyihani moliyalashtirish maqsadida shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga mablag‘ yo‘naltirish belgilanmoqda.

Shuningdek, joriy yilning I va II choraklari yakunlari bo‘yicha Shirin shahar mahalliy budjetiga qo‘shimcha manba sifatida jami 74 milliard 588 million so‘m emas, balki taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra 74 million 588 ming so‘m mablag‘ o‘tkazilgan bo‘lib, uning 30 foizi — 22 million 377 ming so‘mni “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga yo‘naltirish belgilanmoqda.

💡 Ushbu mablag‘lar jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga hamda keyingi o‘rindagi loyihani qo‘shimcha g‘olib sifatida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Natijada g‘olib va qo‘shimcha g‘olib loyihalarni moliyalashtirish orqali ularda qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlarini boshlash imkoniyati yaratiladi.