35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI. #24-tavsiya
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI O‘RGANILDI.
янв.21
24-TAVSIYA IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot IQTISODIYOT VA MOLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
⚖️ QONUN TARG‘IBOTI DOIRASIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI.
SHAKARQISHLOQ MAHALLASIDA SPORT INSHOOTLARI VA KO‘P XONADONLI UYLARNI BOSHQARISH TIZIMI O‘RGANILDI

#DEPUTAT_NAZORATI
#SPORT_INFRATUZILMASI
#BSK_ISLOHOTLARI
#24_TAVSIYA_IJROSI
SHAKARQISHLOQ MAHALLASIDA SPORT INSHOOTLARI VA KO‘P XONADONLI UYLARNI BOSHQARISH TIZIMI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Sh.Kamalov 5-Tinchlik saylov okrugi tarkibidagi “Shakarqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi kompleks o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.
🔹 O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 talik tavsiyalar ijrosini ta’minlash hamda hududiy muammolarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.
🔹 Tavsiyalarning 3-bandi ijrosi yuzasidan mahallada aholi va bolalar uchun mavjud bo‘lgan sport inshootlari, bolalar o‘yingohlari hamda ularning texnik va xavfsizlik holati ko‘zdan kechirildi. Sport obyektlaridan samarali foydalanish va ularni doimiy soz holatda saqlash yuzasidan takliflar bildirildi.
🔹 Shuningdek, muloqot va ko‘rik davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p xonadonli uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati, ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va aholi mamnunligi tahlil qilindi.
🔹 O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda PQ-48-sonli qaror ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli amaliy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ijro monitoringi shahar Kengashi Kotibiyati nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi
Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 3