Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov boshchiligida Oltinsoy tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar doirasida tuman Kengashi kotibiyati xodimlari va deputatlar ishtirokida amaliy muhokama yig‘ilishi tashkil etildi
Yig‘ilish davomida:
Hujjatlar tahlili: Tuman Kengashi kotibiyatida ish yuritish holati, ijro intizomi hamda rasmiy hujjatlar va albom-hisobotlarning yuritilishi ko‘zdan kechirildi:
Deputatlik faoliyati: Deputatlarning o‘z saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi:
Tavsiyalar: Kotibiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, ish unumdorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi:
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz