Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 9-“Bibizaynab” saylov okrugi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna O‘zLiDeP partiyasi tomonidan Toshkent shahrida tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etmoqda.
Tadbirlar davomida:
Partiya faoliyati, iqtisodiy islohotlar va investitsiyalar sohasidagi ustuvor vazifalar hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi;
Mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovchilar bilan ishlash tizimi hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari monitoringini yuritish masalalari muhokama qilindi;
Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, minbar orqali dolzarb taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari deputatlarning qonunchilik va partiyaviy faoliyat borasidagi bilimlarini yanada boyitish va okrugda aholi muammolarini hal etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram