35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Do‘stlik” mahallasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar nazorati davom etmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovnaga mahalla hokim yordamchisi B.Jumaniyazov tomonidan fuqaro N.Jienbaevaning faoliyati tanishtirildi.

🥟 Fuqaroga non, somsa va turli pishiriqlar tayyorlab sotish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun:
pechka va zarur asbob-uskunalar xarid qilish maqsadida 10 mln so‘m kredit olishiga ko‘maklashilgan.

Bugungi kunda N.Jienbaeva o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib, mahalladagi 3 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlagan.

Slide 1 of 2