35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Do‘stlik mahallasida tungi yoritish masalasi nazoratda

“Do‘stlik” MFY hududidagi ko‘chalarda tungi yoritish tizimini yaxshilash maqsadida chiroqlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna hududga tashrif buyurib, yoritish chiroqlarini o‘rnatish jarayoni va bajarilayotgan ishlarning holatini nazorat qildi.

Mazkur ishlar mahalla ko‘chalarida tungi vaqtda harakatlanish uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi. Deputat tomonidan ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishiga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2