35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalladagi o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” MFY hududidagi Ajiniyaz va Bahor ko‘chalarining birinchi kesishmasida joylashgan eski, yaroqsiz quduqlarni olib tashlash bo‘yicha aholi murojaatlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mavjud holat ko‘zdan kechirilib, masalani bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha mas’ul tashkilotga murojaat yuborish belgilandi.

Slide 1 of 3