35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI

 DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 avgustdagi 428-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Altibaeva tomonidan deputatlik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.
Nazorat jarayonida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning hududda amalga oshirilishi, mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish va hududda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishdan iborat.
Qonun va qarorlar ijrosi — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 1