O‘rganish davomida mavjud muammoning sabablari aniqlanib, uni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar va mas’ul xodimlar jalb etildi. Holat joyida muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida drenaj tizimidagi mavjud muammolar bartaraf etilib, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan holatlar joyida hal etildi.
Shuningdek, kelgusida drenaj tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, ularni muntazam nazorat qilish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur ishlarning amalga oshirilishi fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularga amaliy yechim topishda deputatlik nazoratining samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.