#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#fuqarolar_qabuli
#Okrugda_o'rganish
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Farovon" mahallasida O‘RQ–415-sonli Qonun ijrosi hamda aholi murojaatlari ko‘rib chiqildi
Bandixon tumanida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini muhofaza qilish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda ularga qonuniy va ijobiy yechim topish borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalda olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat A.A.Pardayev "Farovon" MFYda bo‘lib, fuqarolar qabulini o‘tkazdi va hududdagi ijtimoiy masalalarni o‘rgandi.
Tadbirkorlik, ijtimoiy muhofaza hamda maishiy sharoitlar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni doirasida tushuntirishlar berildi. Xususan, ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan beriladigan nafaqalar va moddiy yordamlarni rasmiylashtirish hamda ijtimoiy xizmatlar shaffofligini ta’minlash mexanizmlari tahlil qilindi.
Qabul yakunida ko‘tarilgan muammoli masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.