35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

DEPUTAT FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA REJA BELGILANDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Ismoilxo‘jayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayev ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputatning faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ayrim yo‘nalishlarda natijadorlik pastlagani qayd etildi. Mavjud holatni yaxshilash hamda deputatlik faoliyatini yanada faollashtirish maqsadida aniq chora-tadbirlar va ish reja ishlab chiqildi.

Belgilangan reja asosida saylovchilar bilan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik nazorati va boshqa yo‘nalishlarda faoliyatni kuchaytirish hamda samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3