35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI. #24-tavsiya
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI O‘RGANILDI.
янв.21
24-TAVSIYA IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot IQTISODIYOT VA MOLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
⚖️ QONUN TARG‘IBOTI DOIRASIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI.
Aholi uchun zarur mahsulotlar narxi va mavjudligi o‘rganildi

Aholi uchun zarur mahsulotlar narxi va mavjudligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda bozordagi yetarliligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida savdo shoxobchalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, narxlarning barqarorligi va aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlash holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahsulotlar narxining asossiz oshib ketishining oldini olish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda bozorda zarur mahsulotlarning uzluksiz mavjudligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholi farovonligini ta’minlash, iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganishga qaratilgan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2