#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov hamda tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktab binosining holati, sinfxonalarning jihozlanishi, mavjud moddiy-texnik baza hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida aniqlangan ehtiyojlar, ta’mirlash va jihozlash bilan bog‘liq masalalar tahlil qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda budjet mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi yuzasidan tegishli takliflar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|