35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqaro bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholi murojaatlari va takliflari tinglandi.

Suhbat davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal va hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolarni o‘rganish va ularni amaliy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq bilan ochiq muloqot — muammolarni eshitish va ularni hal etishning samarali yo‘lidir.

Slide 1 of 2