35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablari va ovqatlanish sharoitlari yuzasidan Deputatlik nazorati
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablari va ovqatlanish sharoitlari yuzasidan Deputatlik nazorati

❗️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan Olmazor tumanidagi 146-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📎 O‘rganish jarayonida Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov ishtirok etdi.

🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oshxona va ovqatlanish joylarining sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash hamda tayyorlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

🏡 Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oshxona jihozlarining holati va bolalar salomatligi hamda xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, mavjud masalalarni bartaraf etish hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

⚖️ O‘rganish jarayonida quyidagi qonunchilik hujjatlariga asosiy e’tibor qaratildi:

▪️ O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-393-son, 26.08.2015-yil;

▪️ O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-595-son, 16.12.2019-yil;

▪️ O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, 483-I-son, 30.08.1997-yil.

🎯 Asosiy maqsad — bolalar uchun sog‘lom, xavfsiz va sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarni ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xizmatlar sifatini yanada oshirishdir.


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 9