35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Barkamol” MFYda tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda shahar Kengashi deputati T. Isroilova tomonidan “Barkamol” MFY hududida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkor tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilgani, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda zamonaviy tikuv uskunalaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, yangi imkoniyatlar yaratish hamda mahsulotlar uchun bozor topish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 3