O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla raisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni nazoratga olish hamda hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
🔹 Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — deputatlik hududida aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.
Kengash va deputatlar faoliyatida xalq bilan muloqot, muammolarni o‘rganish va natijadorlik — ustuvor vazifa.