Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov hamda Kengash bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan qayta rekonstruksiya qilinayotgan Uzumbozor savdo majmuasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida majmuada amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, ularning borishi hamda yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, rekonstruksiya jarayonida belgilangan vazifalarning ijrosi, ishlarning sifatli va tartibli olib borilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Hududlarda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.