Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Jumabozor MFYda mahalla yettiligi bilan muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda samaradorlikni oshirishga qaratilgan “24 tavsiya”ning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tavsiyalarda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, mahalla yettiligi a’zolarining hamkorlikda ish olib borishi hamda aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida belgilangan tavsiyalar asosida ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.