35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24 TAVSIYA ASOSIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Tabassumxon Isroilova o‘z saylov okrugidagi “Barkamol” MFYda ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Deputat hududdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning murojaat va takliflarini, shuningdek, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikrlarini o‘rgandi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish va ularning fikr-mulohazalarini o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2