35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

FUQARO MUAMMOSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati S. Yuldosheva tomonidan Yangi turmush mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh. Nuraliyevaning murojaati hamda mahalla aholilaridan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅Murojaatda Yangi turmush mahalladagi Orzu ko‘chasi asfaltlash masalasi ko‘tarildi. Fuqaroning ta’kidlashicha, ko‘chada ayniqsa qish mavsumida yog‘ingarchilik sabab yo‘l loy bo‘lib, ushbu hududdan 23-sonli maktabga qatnovchi o‘quvchilarning yurishida qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

✅O‘rganish davomida fuqaroning murojaati atroflicha tinglanib, mavjud muammoni bartaraf etish, ko‘chaning bu qismini asfaltlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.hamda deputatlik so'rovi chiqarish belgilab olindi.

Slide 1 of 3