35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda

Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
Biriktirilgan tashkilotlar hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari o‘rtasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada deputat X. Ziyodullayev Xalq bankining tuman bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, fuqarolar va tadbirkorlar bilan ishlash jarayoni, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklarga e’tibor qaratildi.
📌 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4