35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

To‘qqizariq MFYda ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan To‘qqizariq MFYda inson ijtimoiy xizmatlari xodimining faoliyati yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida xodim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2