35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda

 Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
Biriktirilgan tashkilotlar hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining doimiy komissiyalari o‘rtasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada deputat M. Kilichov o‘ziga biriktirilgan tashkilotda bo‘lib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni, xizmatlarning qulay va shaffof tashkil etilgani hamda aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash holatiga e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar davlat xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini ta’minlash va mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2