35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi

📜 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 13-iyuldagi VII-27-79-12-177-K/26-son qarori asosida Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holati o‘rganildi.
💰 Mazkur qarorga muvofiq “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “Namunaviy xavfsiz uy” loyihalarini amalga oshirish uchun 500,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
👤 Ushbu mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi holati Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasida o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar.
🔎 O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlar asosida sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlarning holati, ularning sifati hamda aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
📌 Shuningdek, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💡 Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish — xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim mezonidir!

Slide 1 of 3