Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tomonidan o‘ziga biriktirilgan qonunlar ijrosi yuzasidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Andijon shahar Ekologiya bo‘limi rahbari va mutaxassislari bilan birgalikda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-sonli Qonun ijrosi muhokama qilindi.
Muloqot davomida Andijon shahridagi mahalla va ko‘chalardan maishiy chiqindilarni tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash, ekologik nazoratni kuchaytirish hamda bu boradagi hamkorlikni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.