35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yer osti piyodalar yo‘lagi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi Raxim Sabirovich Ziyayev hamda Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nasibaxon Toychiyeva bilan birgalikda Andijon shahar Navoiy shox ko‘chasida joylashgan piyodalar uchun mo‘ljallangan yer osti yo‘lining holati o‘rganildi.

O‘rganishda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Ubaydullo Sharipov hamda shahar Obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i Elyorbek Dadaxonov ishtirok etdi.

Yer osti yo‘lining sanitariya-gigiyena holati, tozaligi va fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda obyektni doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3