Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi Raxim Sabirovich Ziyayev hamda Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nasibaxon Toychiyeva bilan birgalikda Andijon shahar Pirmuhammedov (Soy) ko‘chasidagi piyodalar yer osti yo‘lining holati o‘rganildi.
O‘rganishda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, yo‘lning sanitariya-gigiyena holati, yoritish tizimi, tozaligi va fuqarolar xavfsizligi ko‘zdan kechirildi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda obyektni doimiy nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.