Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Madad_NNT #Tashkilot_bilan_hamkorlik 🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT
янв.21
#Kengash_raisi_faoliyati #Qonun_targiboti #Deputatlik_nazorati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja
янв.21
“Zehn Kids” o‘quv markazi ochildi #Kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati
янв.21
#Kunlik_ish_reja #Haftalik _ish_reja #Fuqarolar_murojaati #Deputat_faoliyati #Mahalla_yettiligi #Hamkorlik
янв.21
#Haftalik_sarhisob #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati HAFTALIK ISHLAR SARHISOB QILINDI.
янв.21
#O‘qituvchi_va_murabbiylar_kuni 🎓 USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZDA.
янв.21
#19¹_modda #24_tavsiya #Nazorat_tahlil
янв.21
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati ⚡️ Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minoti
янв.21
Mahalla yettiligi hamda Deputat hamkorligi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILMOQDA.
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YALANG‘OCH MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

#kotibiyat_va_deputat #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ “OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YALANG‘OCH MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2025-yil 29-apreldagi 18-14-0-F/25-son farmoyishiga asosan, kotibiyatdan biriktirilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 4-Nodirabegim saylov okrugiga kiruvchi “Yalang‘och” mahallasida, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarovaning saylov okrugida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🌳 O‘rganish “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida tashkil etilib, mahalla hududidagi obodonlashtirish, sanitariya-tozalik, ko‘kalamzorlashtirish, ichki ko‘chalar va jamoat joylarining holati, shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔎 Jarayonda mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar asosida hududdagi mavjud holat atroflicha o‘rganildi. Xususan, yoshlar bandligi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sport va bolalar maydonchalari, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash, ichki yo‘llar va tungi yoritish, kommunal xizmatlar, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat transporti, obodonlashtirish hamda jamoat xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi.

🔺 Mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar, kundalik ehtiyojlar va takliflar tinglanib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi.

📝 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat Nodira Gaipnazarovaning “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda muammolarga amaliy yechim topish belgilandi.

🤝 Shuningdek, “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahalla hududini ozoda saqlash, yashil maydonlarni parvarishlash, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga faol jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarova tomonidan mahalladagi mavjud muammolarni 24 ta ustuvor yo‘nalish asosida tizimli o‘rganish, aholi murojaatlariga tezkor va manzilli yechim topish hamda hududda obod, toza va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10