Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Buni_bilasizmi MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
#Partiya_tashabbusi
янв.21
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #162_qonun
янв.21
KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
Angor tumanida Kengash kotibiyati faolyati o'rganildi
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kunlik_ish_reja 19¹-modda
янв.21
Zangilambop mahallasida deputatlik nazorati olib borildi
янв.21
Zanggilambop mahallasida bandlik masalasi hamda tibbiy xizmat holati o'rganildi
янв.21
BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
#deputat_vazifalaridan Deputat:
Obod mahalla – farovon hayot garovi


🔹 Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ–4351-sonli «Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda «Aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalari» talablari asosida Qovchin mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan joyida tanishdilar.

O‘rganish davomida mahallaning sanitariya holati, ichki ko‘chalarning tozaligi, ariq va zovurlarning saqlanishi, yashil hududlarni parvarishlash hamda hududni yanada obod va ko‘rkam qilish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqotda sanitariya va obodonlashtirish qoidalariga qat’iy rioya etish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash, aholi yashash muhitini yanada yaxshilash hamda hududning me’moriy qiyofasini saqlash masalalari muhokama qilindi.

🔹 O‘rganish yakunida obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish, fuqarolarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish va qonunchilik talablariga amal qilish hududlarni rivojlantirishning muhim omili ekani alohida ta’kidlandi. 
Slide 1 of 3