Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Saylovchilar_bilan_uchrashuv #Kunlik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi
янв.21
#Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #19¹_modda #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Deputatlik_so‘rovi_ #ijobiy_ hal etildi.
янв.21
#24_ta_masala 🔵 Deputat nazorati: 32-sonli umumta’lim maktabining sport zali o‘rganildi
TAQACHI MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

TAQACHI MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-iyul kuni “Mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida biriktirilgan mas’ullar ro‘yxatiga asosan, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan Taqachi mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

💬 O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati, hududdagi mavjud muammolar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘rib chiqildi. Mahalladagi ko‘chalar, xonadonlar va oilalar holati, aholi bilan ishlash samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

⚡ Shuningdek, hududdagi infratuzilma holati ham ko‘zdan kechirilib, elektr transformator punktlari va gaz taqsimlash punktlarining texnik holati o‘rganildi. Tor ko‘chalarda elektr simlarini zamonaviy SIP kabellariga almashtirish ishlari ham ko‘rib chiqildi.

📇 O‘rganish davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda mahallaga biriktirilgan mas’ullar faoliyati yuzasidan fikr almashildi. Aholi bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish yakunida hududdagi mavjud masalalarni tizimli hal etish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar nazoratga olindi.

Slide 1 of 5