Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Haftalik_ish_rejalar #hamda #oylik_rejalar_belgilab_ olindi
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_ #Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganish #162_qonun #24_masala #Nogironligi_bo‘lgan_shaxslar
янв.21
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Kotibiyat_mudiri_ish_reja_ijrosi #Doimiy_komissiya_faoliyati Kadastr sohasida murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xomkon mahallasidagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#Buni_bilasizmi #162_ta_qonun 🇺🇿 DEPUTAT KIM?
янв.21
#Kengash_va_hokimlik_hamkorligi
янв.21
#24_tavsiya #11_band #Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik #Biriktirilgan_Tashkilot
янв.21
#24_tavsiya #9_band #19¹_modda #Kunlik_ish_reja_ijrosi
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

Yunusobod tumani hokimligi hamda tuman Xalq qabulxonasi hamkorligida "Qadrdon" MFYda fuqarolar qabuli tashkil etildi. Mazkur qabulda Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev, hokim o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

🖋 Qabul davomida 60 ga yaqin fuqarolarning turli sohalardagi muammolari va takliflari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarga qaratildi:

🫥 Kommunal soha: Elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari.

🫥 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan oilalar uchun imtiyozlar, moddiy yordam va subsidiyalar ajratish.

🫥 Iqtisodiy imkoniyatlar: Ishga joylashtirish, imtiyozli kreditlar va tadbirkorlikni boshlash uchun ko‘mak.

🫥 Huquqiy va maishiy masallar: Uy-joy ta’miri, hujjatlashtirish va mulk huquqiga oid arizalar.

✅ Tuman hokimi har bir fuqaro murojaatini atroflicha o‘rganib, mas’ul mutasaddilarga qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi hamda barcha masalalarning ijrosini nazoratiga oldi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4