35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a'zosi Xayrullayev Samandar tomonidan Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar hamda boquvchisini yo‘qotgan nuroniylar xonadonlarida hashar va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Hashar davomida xonadon hovlilari va tomorqalari tartibga keltirilib, begona o‘tlar tozalandi, daraxtlar parvarish qilinib, hudud obodonlashtirildi. Shuningdek, nuroniylarning holidan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.

Bu kabi ezgu ishlar jamiyatimizda mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash, keksalarga e'tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9