35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Angor tumani Kengashi deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi jarayonida.
янв.21
Mahallalarni rivojlantirish — yangi bosqichda!
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
Kengash va “Madad” NNT hamkorligi fuqarolarning huquqiy himoyasi e’tiborda.
янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi

Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi

2026-yil 24-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi VII-21-101-8-117-K/26-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Termiz tumani hududidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxat tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxat asosida mahallalar kesimida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovi xavfsizligi va aholiga yaratilayotgan qulayliklarni oshirishga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Mazkur qarorning ijrosi Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlarining doimiy nazoratida bo‘lib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida, sifatli va manzilli bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorati muntazam olib boriladi. Deputatlar joylarga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish, mas’ul tashkilotlarning hisobotlarini eshitish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan har bir ish aholining manfaatlari va hududlar rivoji yo‘lida xizmat qiladi.

Slide 1 of 6