📌 “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 11-«Hayit Elbegi» saylov okrugidan saylangan deputati S. Abdullayeva hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi S. Safarova tomonidan Hayit Elbegi mahallasida joylashgan 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📝 O‘rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayoni, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari hamda qonun talablarining amaliy ijrosi ko‘zdan kechirildi.
✅ Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.