Bobоdo‘g‘i mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi raisi U. Bobojonov Bobodo‘g‘i mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari holati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, ichki yo‘llar, ariq-zovurlar, yashil hududlar hamda umumiy sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, aholi uchun qulay va obod yashash muhitini yaratish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish, tozalikni ta'minlash hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi bayramini munosib kutib olishga qaratilgan obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish zarurligi ta'kidlandi.