35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
Kengash va “Madad” NNT hamkorligi fuqarolarning huquqiy himoyasi e’tiborda.
янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida "Luqmon" mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahalla hududidagi chiqindi to‘plash maydonchalari, sanitariya-tozalik ishlari hamda chiqindilarni belgilangan jadval asosida olib chiqish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Aholi bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.
✔️Shuningdek, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash hamda mahalla hududining sanitariya holatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✔️Mazkur o‘rganishlar hududlarda ekologik tozalikni ta’minlash, fuqarolar uchun qulay va obod yashash muhitini yaratish hamda sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2