35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda

📌Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 1-chorak yakuni bo'yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan Kengash qarori asosida ajratilgan mablag‘larning sarflanish holati yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
💰 O‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Kengashining tavsiyalariga muvofiq budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, ulardan samarali va oqilona foydalanilishi ajratilgan loyihalarning amaldagi ijro holati joyiga chiqib tahlil qilinmoqda.
🔍 Komissiya tomonidan:
* Kengash qarorlari asosida moliyalashtirilgan obyektlar;
* qurilish va ta’mirlash ishlari;
* infratuzilma loyihalari;
* ijtimoiy soha obyektlariga ajratilgan mablag‘lar va amaliy holat o‘rganilmoqda.

Slide 1 of 3