35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – doimiy e'tibor markazida.
янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "G‘ambur" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi individual uchrashuv o‘tkazildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar, hududdagi mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar bxat erilib, masalalarni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📖 Shuningdek, saylovchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi №754-XII-son Qonuni yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazildi. Unda fuqarolarning ekologik madaniyati va mazkur qonun bo‘yicha huquqiy savodxonligi o‘rganilib, atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik mas’uliyatni oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

🌿 Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularning fikr va takliflarini inobatga olish hamda fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5