Payshanba_Yoshlar_Kuni doirasida yoshlar bilan ishlash, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish maqsadida "Al-Buxoriy" MFYda yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligi, kasb-hunar o‘rganishi, tadbirkorlik faoliyati hamda boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlari tinglandi.
Yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.