Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova Kelajak mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga
muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi muammolarini manzilli hal etish borasida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan fikr almashildi. O‘rganish yakunida mavjud masalalarni samarali hal etish, mahallada olib borilayotgan ishlar natijadorligini yanada oshirish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.