Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasini tashkil etish hamda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Shuningdek, tuman Majburiy ijro byurosi bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi, erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman Adliya bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida olib borilgan ishlari muhokama qilindi.