Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O.Bozorov tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Degrezlik" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazgan uchrashuvlari va joyiga chiqib olib borgan o‘rganishlari davomida aholi tomonidan Abdurahmon Jomiy hamda unga tutash ko‘chalardagi elektr uzatish simyog‘ochlari uzoq yillardan buyon yangilanmagani, ularning eskirgani sababli elektr ta’minotida uzilishlar va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mazkur hududdagi eskirgan simyog‘ochlarni yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu ko‘chalarni tegishli dasturlarga kiritish imkoniyatlari hamda ishlarni bajarish muddatlari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2