Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Termiz shahrida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, profilaktika inspektorlari, nuroniylar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash va mahallalarda mavjud muammolarni tizimli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan tavsiyalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, mahallalarda yoshlar bandligini ta’minlash, hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda soliq inspektorlarining faoliyatini tizimli nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputatlarning tibbiy xizmat sifati, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ichki yo‘llar, tungi yoritish, ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, jamoat transporti, park va xiyobonlar holati, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi bandligini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda nazorat faoliyatini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish, sessiyaga kiritilayotgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, mahallalarda mavjud muammolarni bevosita fuqarolar ishtirokida tahlil qilish hamda ularning yechimiga qaratilgan amaliy choralarni belgilash yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlar tomonidan barcha mutasaddilarga hududlarda aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish, deputatlik nazoratini tizimli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar mahalliy davlat hokimiyati organlari, deputatlar va mahalla faollari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning samarali yechimlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9