Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
“Og‘ir toifa”dagi mahallada amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan “og‘ir toifa”ga kiritilgan “Bog‘chaovul” mahallasida amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yil 24-fevraldagi VII-27-10-10-136-K/26-sonli qaroriga asosan tumanning “Bog‘chaovul” mahallasi bo‘yicha 2,9 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 0,8 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash, 1 dona transformator o‘rnatish, 4 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini tortish, 50 dona tayanch ustunlarini o‘rnatish, 300 kVt quvvatga ega quyosh foto elektr stansiyasini qurish va hududni obodonlashtirish belgilangan.

🔺O‘rganish davomida asfaltlashtirish bo‘yicha belgilangan ishlar yakunlanganligi aniqlanib, asfalt qoplamasining sifati, yo‘lning belgilangan texnik me’yorlar asosida barpo etilganligi, yo‘l asosining mustahkamligi, suv oqimini ta’minlash holati hamda qurilish ishlarining loyiha talablariga muvofiq bajarilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Slide 1 of 3