Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
DEPUTATLAR TOMONIDAN “GULBOG‘” MFYDA QURILADIGAN KO‘P QAVATLI UYLAR LOYIHALARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li hamda 7-“Xisorak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li va Parkent tuman hokimligi Qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi F.Narimonov ishtirokida “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishi loyihasi bilan tanishildi.O‘rganish davomida loyiha hududining bosh reja maketi ko‘zdan kechirilib, ko‘p qavatli uy-joylar, ichki yo‘llar,muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yashil hududlar hamda aholi uchun yaratiladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari yuzasidan mutaxassislarning ma’lumotlari tinglandi.Shuningdek, mazkur bunyodkorlik ishlari hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash hamda yangi qulayliklar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.Deputatlar tomonidan loyiha ijrosining borishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish va aholi fikr-mulohazalarini inobatga olish muhimligi qayd etildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va rivojlantirish loyihalarini muntazam o‘rganish hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash ishlari davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 5