Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
EHTIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA
янв.21
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA.
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat yangi maktab binosi qurilishi bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya a'zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida Angor tumanida tizimli o‘rganishlar olib borildi
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Sh. Jo‘rayev hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Mustaqillik mahalla
fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni
qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy
muhofazasini kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishlarida
amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bilan olib borilayotgan manzilli
ishlar, oilalarning daromadini oshirish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan
ta’minlash va o‘zini o‘zi band qilish choralari yuzasidan amalga oshirilayotgan
tadbirlar muhokama qilindi.


O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud
imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar
berildi. Belgilangan vazifalar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4