Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xo‘janov, O‘zXDP Oltinsoy tuman Kengashi raisi O. Avazov va Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdi.

Deputatlik nazorati davomida "Obod Vaxshivor" mahallasida barpo etilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining qurilish ishlari belgilangan loyiha va tasdiqlangan jadval asosida olib borilayotgani, bajarilgan ishlarning sifati hamda qurilish jarayoni o‘rganildi.

Shuningdek, qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7