Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Sessiya masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

#sessiya

📑 Sessiya masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

👨‍💼Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati M.Teshayev tomonidan Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Mahallalarda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi tuman hokimi o‘rinbosari N.Jo‘lmatovning hisoboti yuzasidan Jumaboy mahallasi hududida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida mahallada og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash darajasi talab darajasida emasligi hamda hududdagi 10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2025–2026-o‘quv yilida bitirayotgan bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmaganligi aniqlandi.

✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

✅Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida muntazam kuzatib boriladi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube