Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
янв.21
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida
янв.21
Mahalla yettilig faoliyatidan
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov haftalik ish rejasiga muvofiq o‘ziga biriktirilgan Angor tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
21-Xirmontepa saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning uy-joyini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-60-14-204-K/26-son qarori hamda ushbu qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning uy-joyini ta’mirlash xarajatlari uchun mablag‘ ajratildi.

Mazkur ro‘yxatga asosan, 21-Xirmontepa saylov okrugi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan Xirmontepa MFY hududida 19-mavze, 40-uy, 7-xonadon manzilida yashovchi, 1962-yil 5-oktabrda tug‘ilgan Arshinova Reneta Vyacheslavovnaning uy-joyini ta’mirlash ishlari uchun 30 900 000 (o‘ttiz million to‘qqiz yuz ming) so‘m mablag‘ ajratildi.

Mazkur mablag‘ fuqaroning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida ajratildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish hamda manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2